Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Jenoa"ning 7 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga "Inter" chek qo‘ydi
28.02.2021 22:56,  
425

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 24-turida «Jenoa» 28 fevral, yakshanba kuni «Inter» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda milanliklar Eldor Shomurodov jamoasiga imkoniyat qoldirmadi. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida mezbonlar hujumchisi Romelu Lukaku hisobni ochdi. Shundan so‘ng 1-bo‘limda hisob o‘zgarmadi.

69-daqiqada Lukakuning uzatmasidan so‘ng Matteo Darmian «Inter»ning ikkinchi golini urdi. 77-daqiqada Aleksis Sanches mehmonlar darvozasiga to‘p kiritib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Eldor Shomurodov ushbu uchrashuvning 62-daqiqasida maydonga tushdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Antonio Konte shogirdlari peshqadamlikni mustahkamladi. Jamoa hisobida 56 ochko mavjud. O‘zbekistonlik futbolchi to‘p suradigan «Jenoa» esa 24 turda 26 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 13-pog‘onasida qayd etilgan.

«Inter M»—«Jenoa» 3:0
Gollar:
 1:0 – 1 Lukaku, 2:0 – 69 Darmian, 3:0 – 77 Sanches.
«Inter»: Handanovich, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni, Darmian (D’Ambrozio, 84), Brozovich (Galyardini, 76), Perishich (Yang, 84), Eriksen, Barella (Vidal, 85), Martines (Sanches, 76), Lukaku.
«Jenoa»: Perin, Chiborra, Goldaniga, Sapata, Gilone (Shomurodov, 62), Melegoni (Portanova, 71), Radovanovich (Ongene, 46), Strotman (Behrami, 46), Rovella, Pyasa, Skamakka (Pandev, 62).
Ogohlantirishlar: Sapata (18), Strotman (40).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан