Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi DXMga kelgan holda xizmatlardan foydalanish uchun ERI kerak bo‘lmaydi
13.02.2020 16:04,  
504

Davlat xizmatlari agentligi elektron raqamli imzoni (ERI) majburiy sotib olish zarurati, shuningdek foydalanishdagi noqulayliklar bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar kelib tushganni bois respublika bo‘ylab Davlat xizmatlari markazlarining 1 500 dan ortiq operatorlariga maxsus uskunalar – raqamli imzo planshetlarni o‘rnatildi.

Bugungi kunda mazkur planshetlardan 2 turdagi davlat xizmatini olish jarayonida foydalanish mumkin:

- bolani bog‘cha joylashtirish;

- sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma olish.

Shu tarzda tasdiqlanadigan davlat xizmatlarining soni kun sayin ortib boradi.

Ma’lumot uchun: Raqamli imzo va elektron raqamli imzo elektron hujjatlarni tasdiqlashda odatiy imzo kuchiga ega bo‘lib, xizmatdan foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash uchun kerak. Ba’zi ma’lumotlar maxfiy va faqat fuqaroga yoki uning notarial tasdiqlangan vakiliga taqdim etilayotgani bois, bu jarayon axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan mavjud bo‘lishi shart.

Xizmat oluvchini aniqlashning ushbu 2 usuli tubdan farqlanadi.

Raqamli imzo fuqaroning imzosini maxsus uskuna — planshet yordamida kompyuter monitorida shaxsni imzosi orqali aniqlaydi. Ushbu usuldan foydalangan holda, arizalarni imzolashda fuqarolarning naqdi va vaqti sezilarli darajada tejaladi.

Elektron raqamli imzo ham raqamli makonda shaxsni aniqlash uchun kerak. ERI — bu maxsus dastur yordamida ishlatilishi mumkin bo‘lgan ommaviy va shaxsiy kalitlarning to‘plamidir. Elektron raqamli imzo, USB-fleshka, qattiq disk yoki mobil telefon kabi saqlash vositalarida Davlat xizmatlari markazining xodimi tomonidan yozib beriladi.

ERIni olish uchun jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 % (15 610 so‘m), yuridik shaxslar uchun esa 10 % (22 300 so‘m) miqdorida davlat boji belgilangan.

Raqamli imzo planshetidan foydalangan holda arizalarni imzolash bepul.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан