Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Endi yer faqat auksionda sotiladi yoki ijaraga beriladi» — Shavkat Mirziyoyev
8.06.2021 15:08,  
395

Bu haqda ayni vaqtda prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektorda ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

«Agar har bir hudud rahbari tizimni tushunib ishlay olsa, ishsizlar keskin kamayadi. Bosh vazir o‘rinbosarlariga talab qattiq bo‘ladi. Mana ko‘ryapsizlar, Samarqandda, Farg‘onada “yer sotuvchilar” paydo bo‘ldi. Pora bilan qo‘lga tushyapti. Bo‘ldi, u zamon tugadi. Endi yer faqat auksionda sotiladi yoki ijaraga beriladi. Kimga yer kerak bo‘lsa, davlat auksionida qatnashsin, haloli bo‘lsin, yerni sotib olsin», — dedi davlat rahbari.

U shuningdek, Surxondaryoda boshlanayotgan tajriba asosida, ishsiz aholiga qishloq xo‘jaligi yerlarini 10 yil muddatga dehqonchilik qilish uchun ijaraga berilishi, 2021 yildan boshlab qariyb 100 ming gektar g‘alladan bo‘shagan yer aholiga taqdim etilishini qayd etgan.

«Bu tarixiy imkoniyat bo‘ladi. Yerni haqiqiy egasi - xalqqa beramiz», — deya ta’kidladi prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан