Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi Toshkent shahri va viloyatiga propiskani onlayn olsa bo‘ladi
1.11.2020 11:16,  
369

Endilikda fuqarolar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish uchun Yagona portaldagi (my.gov.uz) “Fuqarolik” turkumiga murojaat qilsalar bo‘ladi.

Mazkur xizmat orqali ko‘chmas mulk ob’yektiga egalik huquqi bir shaxsga tegishli bo‘lgan ob’yektlarga doimiy ro‘yhatga turish mumkin. Xizmatdan quyidagi toifalardagi fuqarolar foydalanishlari mumkin:

1) Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.

2) Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

3) Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

Xizmat avtomatlashtirilgan va 1 ish kunida taqdim etiladi. 

Xizmatni taqdim etish narxi – BHMning 2%, Yagona portal orqali xizmat ko‘rsatilganda esa dastlabki narxdan 10% arzondir.

Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish xizmati bilan foydalanish uchun quyidagi havolaga kiring. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан