Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endokrin kasalliklarini barvaqt aniqlash va davolashga 25 yil davomida e’tibor susayib ketgani ham adolatli haqiqat — Shavkat Mirziyoyev
10.12.2021 17:49,  
83

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

«Afsuski, respublikada endokrin kasalliklarini barvaqt aniqlash va davolashga 25 yil davomida e’tibor susayib ketgani ham adolatli haqiqat», dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Shu bois keyingi yillarda sohada qilingan ishlar sanab o‘tildi. Jumladan:

so‘nggi uch yilda endokrinologiya sohasini takomillashtirishga qaratilgan alohida dastur amalga oshirildi;

endokrinologiya markazining 14 ta filiali moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3,5 million dollar ajratildi;

filiallarda maxsus bo‘limlar tashkil etilib, respublika markaziga murojaatlar 2 barobarga kamaydi, ya’ni qariyb 5 ming nafar fuqaroning sarsongarchiligi va ortiqcha xarajatlarining oldi olindi;

har yili 80 ming nafar bemor insulin bilan bepul ta’minlanmoqda.

Hozirda Respublika endokrinologiya markazi uchun eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadigan 600 o‘rinli yangi bino qurilmoqda. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, markaz faoliyati ko‘p tarmoqli shaklga o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан