Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eng ko‘p qaysi viloyatdan xorijga ko‘chib ketish holati kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi
24.10.2019 14:44,  
2172

2019 yil yanvar-sentyabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 10 472 kishini tashkil qildi.

Shundan 57,4 foizi Qozog‘istonga, 37,3 foizi Rossiyaga, 0,9 foizi AQShga ko‘chib ketgan. 0,8 foizi esa Isroilga ko‘chib ketgan. Qolgan 3,6 foizi boshqa davlatlarga mos keladi.

Eng ko‘p boshqa davlatlarga Qoraqalpog‘istondan ko‘chib ketgan – 2898 kishi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent (2417 kishi) va Toshkent viloyati (2393 kishi) qayd etilgan. Shuningdek, Navoiy viloyatidan ham faol ravishda ko‘chib ketish holati kuzatilgan – 1262 kishi.

Xuddi shu davrda mamlakatga 1971 kishi doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan. Eng ko‘p Qozog‘istondan (31,1 foiz) ko‘chib kelgan. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (23,1 foiz), Rossiya (22,8 foiz), Qirg‘iziston (13,3 foiz) qayd etilgan. Qolgan 9,7 foizi boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Boshqa davlatlardan eng ko‘p Toshkent viloyatiga (631 kishi), Toshkentga (462 kishi) va Farg‘ona viloyatiga (321 kishi) ko‘chib kelgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан