Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
13.10.2020 15:20,  
118

2020 yilning 13 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichlari g‘oliblarini taqdirlash marosimlari 2020 yil 25 avgust – 9 sentyabr kunlari o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga ijodiy ishlar koronavirus pandemiyasi sababli karantin qoidalaridan kelib chiqib, 2020 yil 19 avgust – 10 sentyabr kunlari [email protected] elektron pochtasi va @tanlov2020 telegram manzili orqali onlayn shaklda qabul qilindi. 

Ko‘rik-tanlov respublika bosqichiga, shuningdek, Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan bosma OAV, veb-sayt, telekanal va radiokanallar ijodkorlari uchun har bir (to‘rtta) yo‘nalish bo‘yicha joriy etilgan “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasiga 140 nafardan ziyod muallif va ijodiy jamoalardan 1000 ga yaqin ish kelib tushdi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblarining munosibini aniqlash uchun jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olish maqsadida tanlov2020.uz veb-sayti ishga tushirildi hamda ijodiy ishlarning barchasi ushbu veb-saytga joylashtirildi. 2020 yil 16-20 sentyabr kunlari mazkur veb-sayt orqali ovoz berish yo‘lga qo‘yildi. 

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari maxsus diplomlar, ko‘rik-tanlov ramzi tushirilgan plaketka hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari ro‘yxati

Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari bo‘yicha

1-o‘rin. Sobir O‘nar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
2-o‘rin. Vafo Fayzullo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
3-o‘rin. Habib Abdunazar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari bo‘yicha

1-o‘rin. Nargiza Umarova, “Yoshlar ovozi” gazetasi bo‘lim muharriri
2-o‘rin. Shoqahhor Salimov, faxriy jurnalist
3-o‘rin. Farmon Toshev, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri

OAV sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari bo‘yicha

1-o‘rin. Mirolim Isajonov, “daryo.uz” axborot-tahliliy portali muxbiri
2-o‘rin. Faxriddin Ubaydullayev, O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbiri (Andijon viloyati)
3-o‘rin. Nargiza Yunusova, human.uz axborot portali muxbiri

Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari bo‘yicha

1-o‘rin. Ulug‘bek Rahmonqulov, “O‘zbekiston 24” telekanali muharriri
2-o‘rin. Muqaddas Panjiyeva, “Mening yurtim” telekanali muxbiri
3-o‘rin. Abduholiq Marayimov, “O‘zbekiston” radiokanali muharriri

Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari bo‘yicha

1-o‘rin. Erkin Aralov, rangtasvirchi rassom
2-o‘rin. Farrux Shodmonov, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi dizayneri
3-o‘rin. Hamdam Shoraxmedov, fotosuratchi

Kino san’ati asarlari bo‘yicha

1-o‘rin. Mansur Abduxoliqov, rejissyor
2-o‘rin. Erkin Bozorov, aktyor
3-o‘rin. Said Dalilxon Said Turg‘utxonov, operator

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан