Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Eng xavfli tomoni — qurilishda na usta, na ‘prorab’ bo‘lgan». Jizzaxdagi ko‘p qavatli binoning qulashi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
14.01.2021 12:56,  
555

Qurilish vazirligida 14 yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qurilish vazirining o‘rinbosari Kozim To‘laganov Jizzax shahrida ko‘p qavatli biynolardan birining qulashi holati yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

10 yanvar kuni Jizzax shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushgan edi. FVV va Bosh prokuraturaning qayd etishicha, voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar bo‘lmagan. Ma’lum qilinishicha, qulab tushgan bino yonidagi 6 qavatli inshootning ham poydevorlarida cho‘kish alomatlari kuzatilgan bo‘lib, hozirda u xavfli holatda turibdi. Halokatni o‘rganish maqsadida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshliq hukumat komissiyasi tuzilgan. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Anjumanda ma’lum qilinishicha, Jizzax shahridagi voqea bo‘yicha «Barakali qorako‘l chorvador» fermer xo‘jaligi tomonidan Jizzax viloyati Qurilish sohasi hududiy nazorat inspeksiyasiga Davlat xizmatlari markazi orqali 2020 yil 29 yanvar kuni murojaat qilingan. Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olingan va qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun 16-sonli ruxsatnoma berilgan.

Dastlab, «Jizzax bunyodkor loyiha» MChJ tomonidan 3 qavatli loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. Ushbu loyiha-smeta hujjatlari «Shaharsozlik hujjatlari» DUK Jizzax viloyati filiali tomonidan 2020 yil 17 noyabrda ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi olingan.

Shunga qaramasdan, buyurtmachi pudratchi tomonidan xo‘jalik usuli bilan 1—2-qavati savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda 3–6-qavatlarida turar joy binolari qurilishi bo‘yicha loyiha hujjatlari Discovery Agrotech Group tomonidan qayta ishlab chiqilgan.

Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektor shaharsozlik kengashi bilan kelishilmagan. Lekin Jizzax viloyati «Shaharsozlik hujjatlari» DUK Jizzax viloyati filialining 2020 yil 12 oktyabrda yig‘ma xulosasi olingan.

Buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish kiritilgan uch qavatli bino olti qavatli binoga o‘zgartirilgan, loyiha-smeta hamda ekspertiza xulosasi o‘zgartirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 373-qarori 5-ilovasi 20-bandiga binoan, 10 kunlik muddatda loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish kiritilib, ekspertizadan o‘tkazilganligi yuzasidan hududiy inspeksiyaga ma’lumot kiritilmagan.

Ob’yektda qurilish-montaj ishlari 2020 yilning mart oyida boshlangan. Demak, bu yerda birinchi loyiha asosida ish boshlangan degan xulosa kelib chiqadi. Chunki ikkinchi loyiha keyingi muddatda ekspertizadan o‘tkazilgan, — dedi Kozim To‘laganov.

Qurilishda texnik xavfsizlikning birinchi va ikkinchi bandlariga amal qilmagan holda qurilish maydonida ishchilar maxsus kiyim va himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlanmaganligi, uy-joyning poydevor ishlarida bajarilgan quyma beton loyihaviy mustahkamligi mos kelishi bo‘yicha qurilish-sinov laboratoriya xulosasi taqdim etilmaganligi, qurilish ob’yektiga buyurtmachi tomonidan texnik nazoratchi va ishlarni yuritish uchun ish yurituvchi ‘prorab’ buyruq bilan biriktirilmaganligi inspeksiya tomonidan muddatli yozma ko‘satma berilgan.

Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar berilgan taqdirda ham eng xavfli tomoni — qurilishda na usta, na ‘prorab’ bo‘lgan. O‘zi bilganicha ish olib borgan. Ikkinchi tomoni, ob’yektda mart oyida birinchi loyiha bilan ish boshlangan. Ekspertizaning ikkinchi xulosasini 12 oktyabrda qaytadan chiqarishgan. Hammasi tushunarsiz holat. Inspeksiya tomonidan shuncha kamchiliklar bo‘yicha ular qo‘liga hujjat berilyapti, ular ertasiga laboratoriyani chaqirib, moslashtiryapti, lekin asosiy hujjat yo‘q. ‘Prorab’ vazifasini bajaradigan odam yo‘q.

Eng kerakligi – ob’yektni noturarga ko‘chirish bo‘yicha hujjatlarning birortasi rasmiylashtirilmagan. Laboratoriya qolgan ishlar bo‘yicha qisman xulosasini bergan. Ob’yektda eng asosiy shaxs buyurtmachi hisoblanadi. O‘sha buyurtmachining javobgarligi birinchi o‘rinda turishi kerak. Ikkinchi — loyihachi, uchinchi — pudrat tashkilotining ichki nazorati. Bu ob’yektda na unisi, na bunisi, na uchinchisi shakllangan. Natija mana shunday halokatga olib keldi. Agar oldiga qo‘yilgan vazifalar o‘z vaqtida bajarilganida, bu ahvolga kelmagan bo‘lardi, — dedi vazir o‘rinbosari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан