Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YeOII 2025 yildan yagona rouming, valyuta va neft bozoriga o‘tishni rejalshtiryapti  
18.03.2020 17:04,  
165

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining yaqin to‘rt yildagi asosiy vazifasi - istisnolar va cheklovlarsiz umumiy bozorlar yaratish. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeOII) boshqaruvi raisi Mixail Myasnikovich RBKga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Qanaqadir dasturlarning, deklaratsiyalarning uchrashuvlarning vaqti allaqachon o‘tib bo‘ldi. Endi amaliy harakatlar qilish talab etiladi va biz hozir ishlab chiqayotgan 2025 yilgacha bo‘lgan strategik yo‘nalishlar aynan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qilish uchun maksimal me’yorlar bo‘lishini ta’minlashga yo‘naltirilgan", - dedi u. Kengash boshqaaruviga kelishidan oldin u Belarusning sobiq bosh vaziri va prezident ma’muriyati rahbari lavozimlarida ishlagan.

Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati hay’ati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yagona moliya bozorini yaratish hozircha yaxshi ishlanmagan. “Bugun aytishimiz mumkinki, moliya bozori juda kam rivojlangan. Ha, bu nozik mavzu, bu juda muhim mavzu. Ba’zan ular ba’zi bir emissiya markazlari yoki yagona valyuta haqida gaplashishadi, bu esa integratsiyalashuv jarayonlarini sekinlashtiradi”.

Yagona energetika bozorlarini yaratish imkoniyatini baholab, Myasnikovich baribir bunga erishishiga ishonch bildirdi. Uning fikriga ko‘ra, elektr energiyasining umumiy bozorini yaratishda tarif siyosati bilan bog‘liq barcha muammolarni hisobga olish kerak. “Agar bu kamsitadigan (diskriminatsiya qiladigan) bo‘lmasa, unda hammasi yaxshi bo‘ladi. Yagona Yevropa energiya tizimi mavjud va u ishlaydi, garchi Germaniyada boshqa energiya manbalari va xarajatlari hamda Gretsiyada boshqacha bo‘lsa ham. Biz narxlar teng darajada bo‘lishini ta’minlash uchun kelishimiz kerak ”, - deya tushuntirdi Myasnikovich. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil barcha kerakli qarorlarni qabul qilish uchun yetarlicha vaqtdir.

2014 yilda imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorlarini shakllantirish 2025 yil 1 yanvardan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Xuddi shu davrda umumiy moliya bozorini yaratish rejalashtirilgan.

Myasnikovichning so‘zlariga ko‘ra, YeOII hududida rouming xizmatini bekor qilish uchun platforma Belarus-Rossiya munosabatlari doirasida imzolangan hujjatga asoslangan. Ushbu yondashuvlar butun Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga tatbiq etilishi mumkin. "Yaqin kelajakda biz ushbu mavzuni ko‘rib chiqamiz va kengash yig‘ilishida ish rejasini tasdiqlaymiz", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ushbu ittifoqqa kuzatuvchi maqomida kirishni rejalashtirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан