Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YeOII iqtisodiy ittifoq emas, siyosiy tuzilma
29.04.2020 12:05,  
992

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida bundan oldin ham yozganman, hozir ham fikrim o‘zgarmadi. Bu ittifoq iqtisodiy emas, siyosiy. U ittifoqqa kirish sabablari ham albatta siyosiy.

Oxirgi payt ittifoqqa kirish yoki kirmaslikning afzallik va kamchiliklari haqida juda ko‘p maqolalar o‘qidim, aksariyat maqolalarda xato tahlil qilinyapti. Xuddiki bu iqtisodiy hisob-kitob orqali qabul qilinishi kerak bo‘lgan qaror.

Birinchi mif — bu muhojirlarimizni hayoti osonlashishi haqida, va kelajakda ittifoqqa kirsak ular patent to‘lamasliklari haqida. Qarang, patent — ya’ni Rossiya Federatsiyasida ishlash uchun pul to‘lash tizimi 2014 yilni oxiri/2015 yilning boshida tashkil etilgan.

Xuddi shu yili Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilgan va Rossiya taklifiga ko‘ra, ittifoqqa a’zo mamlakatlar patent to‘lashi shart emas deb kelishilgan. Shu kelishuvga ko‘ra, patent to‘lash kerak mamlakatlar atigi 6 ta qolgan: Abxaziya, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston va Ukraina.

Demoqchimanki, patent tizimi tashkil qilinishining asosiy maqsadi ittifoqqa a’zo bo‘lmagan mamlakatlarni shu ittifoqqa qo‘shilishi uchun bosim o‘tkazish. Bundan oldin ham a patent tizimi bu tabiat qonuni emas, agar Rossiya xohlasa, ertagayoq patent tizimini O‘zbekiston fuqarolariga bekor qilishi mumkin, deb aytgandim. Chunki, patent tizimi tashkil etilishining asl sababi ham siyosiy muzokaralarda ishlatish uchun vosita bo‘lgan.

Ikkinchi sababi deb savdo erkinlashuvini ko‘rsatishmoqda. Bu ham iqtisodchi uchun g‘ayritabiiy bir argument. Birinchidan, O‘zbekiston MDH mamlakatlari ortasidagi erkin savdo kelishuviga a’zo. Ya’ni savdo bundan erkinroq bo‘lishi qiyinroq.

Lekin xo‘p, mayli, ittifoqning ichida barerlar MDH kelishuvidan ham kamroq desangiz, buning yechimi oddiy, O‘zbekiston bir taraflama barerlarni qisqartira oladi, ya’ni hozirning o‘zida, butun dunyo mamlakatlaridan import qilinadigan tovarlarga barerlarni olib tashlashimiz mumkin, buning uchun qaysidir ittifoqqa a’zo bo‘lishimiz shart emas (aslida shunday qilsak yaxshi bo‘lar edi, nafaqat ittifoq bilan balki butun dunyo bilan savdoni erkinlashtirishimiz zarur).

Endi ittifoq bizning eksportimizga to‘siqlar qo‘yishi mumkin degan xulosaga qo‘shilmagan bo‘lar edim, ayniqsa hozir. Rossiya hozirning o‘zida butun Yevropa va AQShdan oziq-ovqatni ololmaydi (kontr sanksiyalar) va biz ularga qiladigan eksport aynan oziq-ovqat bo‘lgani uchun (shu yerda GM eksport raqamlari kerak emas), ittifoq a’zolari bizni tovarlardan voz kechishi ehtimoli nihoyatda past, chunki ularga yetkazib beruvchi mamlakatlar ro‘yxati juda qisqarib ketadi. Boz ustiga, juda muhim narsa, biz MDH erkin savdo kelishuvi a’zosimiz, ya’ni qonunan, ular bizni eksportga cheklovlarni hozir ham qo‘ya olishmaydi.

Lekin kelishuvda bizda erkin savdo, lekin shunga qaramay Rossiya bizni tovarlarga cheklov qo‘yyapti deb aytishingiz mumkin. To‘g‘ri, kelishuvlarga qaramasdan, de-fakto sanitariya va boshqa bahonalar bilan bizni eksportchilarimizga to‘siqlar qo‘yilyapti. Agar kelishuvga qaramasdan ular shunday qilishayotganini bilsangiz, unda, nima uchun yangi kelishuv talablarini ular bu safar to‘liq amal qilishiga umid qilyapsiz?

Xullas, xulosa shuki, ittifoqqa kirish siyosatchilar hal qiladigan va faqatgina siyosiy hisob-kitoblar orqali hal qilinadigan narsa. Shuning uchun ham, deputatlar va tahlilchilar bu kelishuvlarga qandaydir iqtisodiy tus berishini noto‘g‘ri deb bilaman. Kanal obunachilarini YoIIga kirishimizga oid ma’noga ega emas turli xil iqtisodiy tahlillarini o‘qimaslikka chaqirgan bo‘lar edim va to‘g‘risini aytsam, ittifoq to‘g‘risida siyosatshunoslarni fikrini eshitmoqchiman.

Bizning xalq vakillarimiz, ya’ni deputatlarimiz kirish va kirmaslikka oid fikrlarini iqtisodiy emas, siyosiy sabablarini asoslab berishlarini xohlar edim, chunki iqtisodiy sabablari yo‘qligi ayon.

P.S. Diqqat bilan o‘qigan bo‘lsangiz, men kirish yoki kirmaslik haqida fikr aytmadim.

"Iqtisodchi kundaligi"dan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан