Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Epidemiyalar jahon iqtisodiyotiga qay darajada ta’sir ko‘rsatadi?
10.02.2020 09:28,  
542

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi bilan yuqumli kasalliklarning yetkazadigan zararning ehtimoli ham ko‘payib bormoqda.

Bunday kasalliklarni oldindan aytib bo‘lmaydi, vahima va qo‘rquv tufayli iqtisodiyotga salbiy oqibatlari ko‘lami ancha katta bo‘ladi. Ya’ni, kasallikning o‘zi emas, unga bo‘lgan reaksiyaning oqibatlari qimmatroq bo‘lishi mumkin.

Umuman olganda, yuqumli kasalliklar va ular bilan bog‘liq o‘limlar soni yildan yilga kamayib kelmoqda. Ammo kasallik keskin tarqalishining iqtisodiy zararlari va oqibatlari oshib bormoqda. Bu paradoksning sababi globallashuvning rivojlanishi, xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi va turizmning o‘sishi bilan bog‘liqdir.

Jahon bankining 2015 yildagi hisob-kitoblariga ko‘ra, pandemiya yiliga qariyb 570 milliard dollarga yoki dunyo daromadining qariyb 0,7 foiziga qisqartirishi mumkin.

Yana bir e’tibor berish kerak bo‘lgan jihat shuki, bu kasallikni ebola bilan solishtirishda ko‘p tahlilchilar katta xato qilishyapti. Ya’ni, o‘lim darajasi (zararlanganlarning o‘limlarga nisbati) bu kasallikda kamroq degani bu xatarlik darajasi kamroq degani emas. Chunki ebolaning tarqalish o‘chog‘i nisbatan juda qashshoq mamlakatlarda edi. Ya’ni, sog‘liqni saqlash infratuzilmasi kambag‘al mamlakatlarda yomonroq bo‘ladi va epidemiya tufayli o‘limlar darajasi ham tegishli ravishda ko‘proq bo‘ladi. Bu kasallikning o‘chog‘i Xitoyda bo‘lganligi ham qandaydir ma’noda o‘lim darajasiga ta’siri bor. Boshqacha qilib aytganda, agar bunday kasallik haqiqatdan rivojlangan mamlakatda boshlanganida, o‘lim darajasi hozirgidan kamroq bo‘lishi ham mumkin edi.

Shuning uchun ham kasallik haqida uni o‘lim darajasidan kelib chiqib xulosa qilish qiyin. Eng muhimi, bunday kasalliklar kambag‘al mamlakatlarga tarqalmasa va boshlanmasa bo‘ldi, chunki kambag‘al mamlakatlarda qurbonlar soni, tabiiyki, ko‘proq bo‘ladi.

Yana bir narsani aytish kerak, epidemiyalarni bashorat qilishning iloji yo‘q: ularning tarqalishi hech qanday muntazamlik yoki davriylikka ega emas. Gipotetik jihatdan, 1918 yildagi 50 million kishining hayotiga sabab bo‘lgan “Ispan grippi”ga o‘xshash keng miqyosli pandemiya ehtimoli har doim mavjud. Shu haqida Lourens Sammersning maqolasini tavsiya etaman.

Epidemiyalar xuddi iqtisodiy inqirozga o‘xshaydi, chunki bashorat qilish bilan u hodisa sodir bo‘lishi bir biriga teng narsalar. Ya’ni, agar kasallikni bashorat qila olganimizda, epidemiya bo‘lmas edi. Xuddi shunday, sog‘liqni saqlash tizimida millionlab shunday epidemiyalarni oldini olish bilan shug‘ullanadigan insonlar bor, qancha mingta oldi olingan biz bilmaydigan epidemiyalar mavjud, bugungisi esa, taqdir taqozosi.

Qizig‘i, Viskonsin universiteti kasalxonasida shu kasalik bilan zararlangan birinchi odamni o‘tgan kuni qabul qilishdi. Ya’ni, virus bizni taraflarga ham yetib keldi.

"Iqtisodchi kundaligi"dan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан