Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erkak qo‘shnisining rafiqasi bilan uchrashib yurish uchun uning uyi ostidan tunnel qazdi
1.01.2021 09:22,  
21690

Meksikalik erkak qo‘shnisining rafiqasi bilan yashirincha uchrashish uchun uning uyi ostidan tunnel qazdi, deb xabar bermoqda “Daily Mail”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Alberto ismli qurilish ishchisi o‘z uyidan sevgilisi Pamela yashaydigan qo‘shni turarjoygacha tunnel qazib olgan. Juftlik Albertoning xotini uxlaganda, qo‘riqchi bo‘lib ishlaydigan Pamelaning turmush o‘rtog‘i Jorj navbatchilikda bo‘lganda uchrashib yurishgan. Ammo bir kuni Jorj ishdan odatdagidan erta qaytib kelgan va “sevishganlarni” ko‘rib qolgan.
Alberto yashirinishga uringan va divan ortida g‘oyib bo‘lgach, Jorj uning ortidan borib, tunnelga o‘tish joyini topib olgan.

Qayd etilishicha, Alberto ma’shuqasining erini vaziyatni uxlab yotgan xotinidan yashirishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan, ammo u bunga rozi bo‘lmagan va erkaklar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан