Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erkaklar va ayollar uchun "halokatli" yosh aniqlandi
1.11.2019 10:26,  
927

Amerika va Finlandiya olimlari ayollar va erkaklar uchun yurak-qon tomir kasalliklari tufayli o‘lim xavfi oshadigan yosh qaysi ekanini ma’lum qilishdi. Bu haqda G‘arb OAVlariga tayanib, Mir telekanali xabar bermoqda.

Texas sog‘liqni saqlash markazining mutaxassislari Xelsinki markaziy kasalxonasi xodimlari bilan birgalikda bir necha yuz kishining tibbiy ma’lumotlarini tahlil qilib, ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdilar.

Ma’lum bo‘lishicha, ayollarda xavfli yosh 30 yoshdan keyin boshlanadi. Shunday qilib, ko‘plab ayollarda shu yoshdan boshlab yurak xuruji va qon tomir kasalliklari xavfi ortadi. Erkaklarda esa xavfli yosh 40 dan keyin.

Yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarni oldini olish uchun shifokorlar to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va yomon odatlardan xalos bo‘lishni maslahat berishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан