Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eronning O‘zbekistondagi elchisi ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilishni taklif etdi
4.11.2020 11:39,  
321

“Boj to‘lovlarini kamaytirish va bojxona to‘siqlarini olib tashlash tomon harakat qilish kerak. Shuningdek, transport loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi”, - dedi u.

Hamid Nayrobodiyning qayd etishicha, Eron va O‘zbekiston turizm bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatorida turadi. Tarixiy va nodir meros sayyohlarni muntazam jalb etish uchun qulay imkoniyat taqdim etgan.

“Bu borada ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish eng to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylayman. Men shuni tarafdoriman. Bundan tashqari turli biznes-tadbirlar, jumladan videokonferensiya shaklidagi muloqotlar tashkillashtirish orqali tadbirkorlarni yanada yaqinlashtirishimiz mumkin. Texnik-muhandislik xizmatlari, tibbiyot va yangi texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Men o‘z missiyam davomida ana shu rejalarni hayotga to‘liq tatbiq eta olsam, bundan xursand bo‘lardim. Bu yo‘lda yeng shimarib ishga kirishganmiz”, - deydi Eron elchisi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан