Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevroparlament Belarus AESi faoliyati to‘xtatilishini talab qildi
12.02.2021 13:19,  
195

Yevrodeputatlar AES YeI va MAGATE ekspertlarining tavsiyalari to‘liq bajarilmasdan turib elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaganini ta’kidlagan.

Yevroparlament Belarus AESi faoliyati to‘xtatilishini talab qildi. YePning Bryusselda bo‘lib o‘tgan sessiyasida tegishli rezolyusiya qabul qilindi.

Xabar berilishicha, hujjatni 642 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 29 deputat qarshi ovoz bergan va 21 nafari betaraf qolgan.

"Yevroparlament deputatlari Ostrovsadagi Belarus atom elektr stansiyasining xavfsizligi borasidagi jiddiy xavotirlar sababli uning faoliyati to‘xtatilishini talab qiladi", – deyiladi tavsiyaviy tusdagi rezolyusiyada.

Yevrodeputatlar AES YeI va MAGATE ekspertlarining tavsiyalari to‘liq bajarilmasdan turib elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaganini ta’kidlagan.

BelAESning birinchi bloki o‘tgan yilning 3 noyabr kuni Belarus yagona energiya tizimiga ulangan, 7 noyabrda uning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.

9 noyabr kuni AES elektr energiyasi ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bunga texnik tusdagi muammolar sabab bo‘lgan. Xabarlarda aytilishicha, kuchlanish transformatori ishdan chiqqan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан