Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YeXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasi Toshkentga keldi
22.10.2021 15:15,  
42

YeXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini ilk bor kuzatadi.

YeXHT PA O‘zbekistondagi prezident saylovini kuzatish uchun 21 oktyabr kuni Toshkentga keldi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a’zo 25 davlatdan 100 dan ortiq parlamentariylardan iborat delegatsiyaga nemis deputati Daniyel De Ridder va YeXHT PAning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, Avstriya milliy kengashining Yevropa ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Reynxold Lopatka boshchilik qilmoqda.

Qayd etilishicha, YeXHT Parlament Assambleyasi Tashkilotning avtonom institutlaridan biri bo‘lib, 1990 yilda tuzilgan. YeXHTga a’zo 57 davlatdan 300 dan ortiq a’zolardan iborat. PAning asosiy vazifasi YeXHTning barcha jabhalarida hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo muloqot o‘rnatish. 

Tashrif davomida YeXHT PA vakillari O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, siyosiy partiyalar, vazirlik va idoralar bilan uchrashishni, saylov uchastkalarining bo‘lajak saylovga tayyorgarlik darajasi bilan tanishishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlash joizki, Oliy Majlis 1993 yil yanvaridan YeXHT Parlament Assambleyasi a’zosi. 2017 yildan boshlab ikki tomonlama hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Bu YeXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasining O‘zbekistondagi prezidentlik saylovini kuzatishda birinchi ishtiroki bo‘lib, uning tarkibiga YeXHTga a’zo 25 davlatdan 120 dan ortiq parlamentariylar kiradi.

U ilk marta 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovini kuzatishda ishtirok etgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан