Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona vodiysida shaharlararo muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
6.09.2019 10:18,  
151

Transport vazirligi tomonidan Farg‘ona vodiysi aholisiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida shaharlararo yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Joriy yilning 6 sentyabr kunidan e’tiboran “Farg‘ona-Andijon”, “Farg‘ona-Namangan”, “Farg‘ona-Oltiariq (Tinchlik shahri orqali)-Qo‘qon-Beshariq” yo‘nalishlarida “Uzautotrans service” korxonasi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. 

Mazkur yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida 14 ta Yutong avtobuslari ajratildi. Ayni damda avtobuslar Farg‘ona vodiysiga yetib keldi.

Transport vazirligi tomonidan bugungi kunga qadar poytaxt Toshkent shahrini viloyat va tuman markazlari bilan bog‘lovchi 18 ta yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bular Toshkent-Yangiyer, Toshkent-Gagarin, Toshkent-Zomin, Toshkent-Jizzax, Toshkent-Samarqand, Toshkent-Urgut, Toshkent-Jo‘sh, Toshkent-Navoiy, Toshkent-Qarshi, Toshkent-Chiroqchi, Toshkent-Yakkabog‘, Toshkent-Denov, Toshkent-Termiz, Toshkent-Buxoro, Toshkent-Qorako‘l, Toshkent-Urganch, Toshkent-Chimboy, Toshkent-Nukus yo‘nalishlaridir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан