Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona" yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
12.12.2021 10:48,  
117

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 avgustda qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Joriy yilning 12 dekabr kunidan boshlab “Humo Air” MChJ aviakompaniyasi Farg‘ona – So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida dastlabki bosqichda haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Parvozlar haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona – So‘x yo‘nalishida soat 10:00da va So‘x – Farg‘ona yo‘nalishida soat 12:00da bajarilishi rejalashtirilgan. Aviaqatnovlar AN-2 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi esa 30 daqiqani tashkil etadi.

Yo‘lovchilar aviachiptalarni Farg‘ona, Andijon  va Namangan aeroportlari hamda So‘x tumani hokimiyati binolarida xarid qilish imkoniyatiga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан