Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona viloyati hokimligiga yangi axborot xizmati rahbari tayinlandi
26.01.2021 13:47,  
218

Farg‘ona viloyati hokimining 2021 yil 25 yanvardagi qarori bilan, Jumaboyev Dilmurod Xasanbayevich viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – viloyat hokimining matbuot kotibi etib tayinlandi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari viloyat hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi ham hisoblanadi.

Dilmurod Jumaboyev 1978 yilda Namangan viloyatining Namangan tumanida tug‘ilgan. Ingliz tili lingvistikasi magistri darajasiga ega. 

Namangan viloyati matbuot va axborot boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, “Namangan” nashriyoti bosh muharriri, NamDU o‘qituvchisi, Vodiymedia.uz axborot sayti rahbari, “Namanganskaya pravda” gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat olib borgan. 2017 yildan Osiyo jurnalistlari assosiasiyasining a’zosi. 

2019-2020 yillarda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, 2020 yil iyun oyidan Namangan viloyati hududiy turizm boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан