Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Farg‘ona yo‘lidagi savodsiz GAI xodimi” uchun xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda
2.03.2021 09:24,  
942

28 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda “Farg‘ona yo‘lidagi savodsiz GAI xodimi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Rasmiy Munosabat bildirdi.

Video lavha o‘rganilganda, joriy yilning 27 fevral kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi S.Madaminov Mirobod tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtida Qo‘yliq bozori tomonidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelib, Yangi Qo‘yliq ko‘chasiga burilgan “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisini to‘xtatgan.

Xodim va haydovchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot haydovchi tomonidan video tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan.

Video lavhada, YPX xodimi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi holati aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан