Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada 126 yoshga kirgani aytilayotgan momo istiqomat qilishini bilasizmi?
3.01.2021 21:57,  
448

Jurnalist Xurshid Sultonovning Xabar.uz saytiga yozishicha Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yashovchi Xuvayda momo Umarova hujjat bo‘yicha 1895 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2021 yil 1 yanvar kuni u 126 yoshga qadam qo‘ydi.

X.Umarova istiqlol yillarida Prezident farmoniga binoan «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 7 nafar farzandning onasi bo‘lgan Xuvayda Umarova bugun 32 nafar nevara, 70 nafar chevara hamda 67 nafar evaralari ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda. Momoning eng to‘ng‘ich nabirasi va suyuklisi bo‘lgan Jumaqo‘zi Hoshimov Yangi 2021 yilda 65 yoshga kirdi.

Shu o‘rinda bir mulohaza. 2019 yil 30 oktyabrda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Astraxan viloyati Alcha qishlog‘ida yashagan hamda dunyoning eng keksa insoni deb e’tirof etilgan 123 yoshli (1896 14 martda tug‘ilgan) Tanzilya Bisembeyeva vafot etgani haqidagi xabarni o‘qigandim. O‘shanda  yaponiyalik Kane Tanaka dunyoning eng keksa insoni bo‘lib qolayotganini bildirishgandi. Bizning tabarruk yurtdoshimiz esa ularning ikkisidan ham katta. Biroq uning Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish ishlari negadir amalga oshirilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан