Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada ayol sudyaga zo‘ravonlik qilgan 31 yoshli yigitga hukm o‘qildi
21.05.2021 11:52,  
352

Avvalroq, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining ayol sudyasi zo‘ravonlikka uchragani xabar qilingan edi. Ya’ni, 1990 yilda tug‘ilgan M. 2021 yilning 13 aprel kuni mulklarni bo‘lish haqidagi da’vo ariza yuzasidan nizoni joyida o‘rganish uchun Farg‘ona tumani, “Ilg‘or” MFY, Saxovat ko‘chasidagi xonadonga kelgan sudyani haqorat qilib,  qo‘l telefonini tortib oladi va yerga urib sindiradi.

O‘tkazilgan surishtiruv aybdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi bilan yakuniga yetdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Sudda huquqbuzar qilmishini inkor etgani yo‘q.

Pirovardida, sud uni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41- (haqorat qilish) va 612-moddalarida (o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor deb topib, mazkur Kodeksning 34-moddasiga asosan uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanadi.

 Shuningdek, sud qarorida sudyaga yetkazilgan moddiy zarar (1 mln. 600 ming so‘m) undirilishi ham belgilandi.      

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан