Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylov bo‘lmoqda
10.01.2021 12:24,  
180

      Farg‘ona viloyatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga 627 nafar deputat saylangan bo‘lib, ularning 60 nafari viloyat Kengashiga, 567 nafari tuman, shahar kengashlariga saylangan. Bugungi kunga kelib, Xalq deputatlari viloyat Kengashidan 1 nafar, xalq deputatlari tuman Kengashlaridan 4 nafar deputatlarning turli sabablarga ko‘ra deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatilgan. Farg‘ona viloyat saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2-Mirzo Ulug‘bek saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga shu yil 10 yanvarda saylov o‘tkazish belgilangan edi.
     Ayni paytda viloyat Kengashidagi bo‘shab qolgan bitta o‘rin hamda ayrim tuman, shahar Kengashlaridagi bo‘shab qolgan 4 ta deputatlik o‘rinlariga saylov karantin talablariga rioya qilingan holda bo‘lib o‘tmoqda"-deb yozmoqda UzA

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан