Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada dekabrdan gibrid elektromobillar ishlab chiqarila boshlaydi
19.10.2021 11:57,  
882

Farg‘ona viloyatida joylashgan o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasida 2021 yilning dekabr oyidan boshlab elektromobillar sinov tartibida ishlab chiqarila boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg‘ona shahridagi Farg‘ona mexanika zavodi hududida joylashgan “Central Asia Motors” korxonasini ishga tushirish bilan bog‘liq jarayonlar bilan tanishdi.

O‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasmning umumiy qiymati 50 million dollarni tashkil qiladi. Undan 10 millioni O‘zbekiston tomoninini 40 millioni Xitoy to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyasi tashkil qiladi.

Dastlabki bosqichda korxonada elektromobillarning 3 turi ishlab chiqariladi: Ye200 – kichik SUV turidagi avtomobil, Ye400 – furgon va Ye500 - yo‘ltanlamas ko‘rinishidagi avtomobil. Loyiha doirasida O‘zbekistonda ushbu avtomobillar kuzovi, akkumulyatori ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek quvvatlash stansiyalari ham quriladi.

Korxona bosqichma-bosqich ishga tushiriladi va 2022 yilda yakunlanadigan korxonada jami 350 dan ortiq yangi ish o‘rilari yaratiladi. To‘la quvvati bilan ishga tushgach, korxonada yillik 10 ming elektromobil ishlab chiqariladi.

O‘zbekistonda avtomobillarni elektr quvvatlovchi stansiyalar kamligini hisobga olgan holda, dastlabki bosqichda gibrid (tok va benzin) elektromobillar ishlab chiqariladi. Bunday avtomobillarda elektr quvvati 20 foizdan kamayganda benzin dvigateli ishga tushadi hamda benzin bilan ishlash jarayonida elektromobil batareyasi quvvat oladi, deyilgan xabarda.

Hozirda elektromobillarni yig‘ish va test uskunalaridan o‘tkazish sexi hamda elektroforez va bo‘yash sexi ishlab chiqarish jarayonlariga tayyor bo‘lib, elektromobillarning kuzov qismini payvandlash uchun sex tashkil etishga qo‘shimcha ishlab chiqarish maydoniga ehtiyoj borligi masalasi viloyat hokimiga bildirildi.
Viloyat rahbari, mexanika zavodi hududidagi bo‘sh turgan maydonlardan ushbu investitsion loyihani yakunlash uchun belgilangan tartibda joy ajratib berish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriq berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан