Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada erkak mudhish jinoyatga qo‘l urdi. So‘ng o‘zi IIBga xabar berdi
19.05.2021 08:31,  
1116

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirgan er qotillik haqida o‘zi IIBga borib aytdi. Bu haqda  Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Rishton tuman IIB navbatchilik qismiga 16 may kuni soat 23:30larda fuqaro Sh.M. kelib, turmush o‘rtog‘i S.M.ni qasddan o‘ldirganini ma’lum qilgan. Mazkur xabarga asosan viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari va tuman prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi sud-tibbiy va kriminalistik ekspertlar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro Sh.M. turmush o‘rtog‘i S.M. bilan 2019 yilning dekabr oyidan buyon birga yashamasdan, uning Doston ismli tanishi bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurganidan nizolashib kelgan.

16 may kuni soat 23:00 larda turmush o‘rtog‘i S.M. bilan 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini davolatish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga kelgan. So‘ng shifoxonaning kirish qismidagi hojatxona tomonga birgalikda o‘tib, er rashk tufayli oldindan o‘ylab qo‘ygan qasd olish rejasini amalga oshirish maqsadida o‘ng oyoq qismiga bog‘lab olgan oshxona pichog‘ini olib, turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismini ikki marotaba pichoq bilan kesib, orqa kurak qismiga ikki marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, ayolning o‘limiga bo‘yin a’zolarining chuqur sanchilib-kesilgan jarohatlari, bo‘yin-qon tomirlari, mushaklari va paylarining bo‘yin umurtqasigacha kesilishi, ko‘krak qafasining orqa yuzasi yuqori qismidagi plevra bo‘shlig‘iga teshib o‘tuvchi sanchilib-kesilgan jarohatlari natijasidagi o‘tkir qon yo‘qotish sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan 17 may kuni Rishton tuman prokuraturasi tomonidan Sh.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 18 may kuni unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lum qilishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан