Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada ikki guruh ishtirokidagi yirik janjal to‘xtatib qolindi. Ular muammoni “ko‘cha qonunlari” bilan hal qilmoqchi bo‘lgan
13.09.2021 18:12,  
217

Farg‘ona viloyatida ikki guruh ishtirokidagi yirik janjal to‘xtatib qolindi. Bu haqda "EVERYDAY.UZ" xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yil 18 iyun kuni Farg‘ona shahrida YTH sodir bo‘lgan va ushbu hodisa ishtirokchilari guruhga bo‘lingan holda muammoni ko‘cha qonunlari” bilan hal qilmoqchi bo‘lgan. 20 nafarga yaqin yoshlar «Taraqqiyot 2021» korxonasi hovlisida to‘planib, janjal yuzaga kelayotgan vaqtda ularning barchasi huquq tartibot organlari tomonidan to‘xtatib qolingan. Yoshlarning oldidan pichoq va qilichlar, tan jarohati yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘tkir tig‘li jismlar va giyohvandlik vositalari topilgan.

Hodisa ishtirokchilarining 8 nafari protsessual tartibda ushlangan, 9 nafari 15 sutkalik ma’muriy qamoqqa olingan. Holat yuzasidan JKning 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан