Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada "Islom davlati" terroristik tashkiloti tarafdori qo‘lga olindi
11.01.2022 16:23,  
726

Farg‘onada yashovchi, 2003 y.t. U.M. ijtimoiy tarmoq orqali yot g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyadagi "Islom davlati" xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari safiga qo‘shilish maqsadida 2021 yilning aprel oyida Turkiya davlatiga borgan.

Lekin, u yerdan Suriyaga o‘ta olmagach, sentyabr oyida O‘zbekistonga qaytib kelgan va Qo‘qon shahrida yashovchi yaqin aloqalaridan iborat yashirin "jamoat" tuzib, ular orasida "Islom davlati" terroristik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilgan.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs telefoni orqali ijtimoiy tarmoqlardagi aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan audio va video materiallarni tomosha qilib, ularning ta’sirida "jamoat" a’zolari orasida "jihod" hamda "shahid"likka chorlovchi audiosuhbatlar olib borgan.
U.M.ning telefoni xotirasidagi ma’lumotlar o‘zining mohiyati va mazmuni, ularda ilgari surilgan g‘oyalar jihatidan mamlakatda jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallar sirasiga kirib, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan hisoblanadi.

Hozirda U.M. va uning aloqalariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmokda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан