Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada tadbirkor 14 yoshli bolani qizi bilan yozishgani uchun kaltakladi
25.02.2021 09:49,  
471

Farg‘ona viloyatida avval sudlangan tadbirkor voyaga yetmagan bolani kaltakladi. Ma’lum bo‘lishicha, bola tadbirkorning qizi bilan yozishgan. Bu haqda Repost nashri xabar qildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 21 fevral kuni sodir bo‘lgan. Bolani urgan fuqaro Baxodir Paygamov banket zallari, mehmonxona va qator alkogol do‘konlariga rahbarlik qiladi. U avval odam o‘ldirganlikda ayblanib, sudlangan bo‘lgan. Paygamov 11 sinfda o‘qiydigan o‘g‘li bilan bolani urgan.
Hodisa «Kirgili» massivida sodir bo‘lgan. Kaltaklangan 9 sinf o‘quvchisi Xojiakbar neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.

O‘g‘lim «Sirius» nomli xusuiy maktabda o‘qiydi. U o‘sha maktabga 1 hafta oldin o‘tgan. U qiz bilan tanishib qoldi. Qiz yo o‘zi bilan o‘qiydi, yoki boshqa sinfda. Ular yozishib turar edi. Men uyda bo‘lmagan paytim qizning otasi va akasi kelib qiz bilan yozishgani uchun o‘g‘limni urib ketdi. Mening o‘g‘lim endigina 9 sinfda o‘qiyapti. Hozir o‘g‘lim ham o‘qishni o‘tkazib yuboryapti va ahvoli ham juda og‘ir. Shu yomon odamlarni xalqqa ko‘rsatinglar. Bu Baxodir ikkita ayolni o‘ldirib, Kirkidonda yoqib yuborgan. Mana o‘tirib chiqdi, lekin haliyam aqli kirmadi. 14 yoshli bolani uryapti, shunaqasiyam bo‘lishi mumkinmi?”, – deydi bolaning onasi Sobirova Gulrux.


Nashrning yozishicha, Baxodirning o‘zi ham holatga izoh bergan va jabrlanuvchining onasidan kechirim so‘ragan.

Kechiring opa. Ming bor uzr. Biz ham bilmay qoldik. Men shunchaki qizimning nomusini himoya qildim. Shunchalik bo‘ladi deb o‘ylamadim, – deydi Paygamov.


Ushbu holat bo‘yicha ish ochilgan, lekin tergov harakatlari boshlanmagani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан