Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Forbes» ayni paytda dunyoning eng boy odamlari reytingini e’lon qildi
7.04.2021 08:51,  
254

«Forbes» sayyoradagi eng boy odamlarning 35 yillik reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, kuchli uchlik:

  • «Amazon» asoschisi Jeff Bezos ketma-ket to‘rtinchi yil reytingning yetakchisi sifatida qayd etilgan. Uning boyligi bir yil ichida 64 milliard dollarga oshib, 177 milliard dollarga yetgan.

  •  «SpaceX» va «Tesla» aksiyalariga egalik qiluvchi Ilon Mask esa boyligini bir yil ichida 6 baravarga oshirib 151 milliard dollarga yetkazgan va reytingda ikkinchi o‘ringa chiqqan.

  • «Louis Vuitton Moët Hennessy» guruhi prezidenti Bernard Arno 150 milliard dollarlik boyligi bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Uning boyligi yil davomida deyarli 2 baravarga oshgan.

Qayd etilishicha, Alisher Usmonov reytingda 97 o‘rinda bo‘lib, uning boyligi 18,5 milliard dollarga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, 2021 yilgi «Forbes» reytingidan 2755 milliarder joy olgan. Ularning umumiy boyligi 13,08 trillion dollarga yetgan. Pandemiyaga qaramay, ro‘yxatga kiritilganlar yil davomida $5 trillionga boyigan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан