Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Forbes Tashkent Cityga sarmoya kiritish uchun 8 ta sababni keltirdi
30.08.2019 09:02,  
16

Dunyoning eng boy odamlari reytingini e’lon Forbes jurnalining Qozog‘iston bo‘limi Tashkent City haqida maqola e’lon qildi.

Masalaga siyosiy jihatdan yondashgan Forbes bundan uch yil muqaddam O‘zbekiston sarmoyadorlar uchun “ochila boshlaganini” ta’kidlagan: “...Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bugun mamlakatda har qanday tavakkalchilikka qaramay, 6000 dan oshiq xorij kapitali mavjud shirkatlar faoliyat yuritmoqda. Xalqaro iqtisodchilar fikricha, yaqin 10 yil ichida to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyalar miqdori 65 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi”.

Forbes Jahon bankining “Doing Business” reytingida 2013 yilgi 154 o‘rindan o‘tgan yili 74 ga ko‘tarilganimizni ham eslatib o‘tgan.

Forbes jurnaliga ko‘ra, Tashkent Cityga sarmoya kiritish uchun 8 sabab:

1. Keng miqyosli loyiha Tashkent City — bu mahalliy va dunyoviy darajada rivojlanayotgan O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi. 

2. Xorijiy mutaxassislar fikricha, loyiha so‘nggi jahon talablari va standartlariga to‘la javob beradi.

3. Tashkent City — bu avvalo ishbilarmonlik markazi. Yuqorida keltirilgan 65 mlrdlik shartnomalar birlamchi shu yerda tuziladi.

4. Tashkent City — bu sizning biznes aloqalaringizni rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalardir. Loyiha mamlakatning ishbilarmonlik faolligini oshirish uchun yaratilgan: yangi kompaniyalar ochish, yangi ish o‘rinlari yaratish, xalqaro sarmoyadorlar va sayyohlarni jalb qilish.

5. Tashkent City ekspertlari ijtimoiy hayot haqida ham unitishmagan. Bu yer Markaziy Osiyodagi eng katta savdo markazi (shopping mall) bo‘ladi.

6. Qurilish birgalikda foydalanish konsepsiyasi asosida amalga oshirilgan, ya’ni bu yerda ishbilarmonlik, ma’muriy va ko‘ngilochar binolar bir joyda to‘plangan.

7. Joylashuv o‘rnining qulayligi. Tashkent City poytaxtning qoq markazida joylashgan.

8. Ajoyib ko‘rinish. 18 gektar maydonda joylashgan noyob istirohat bog‘i, katta sun’iy ko‘l va O‘rta Osiyodagi eng innovatsion musiqali favvora va hokazolar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан