Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fotogalereya: Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi
10.05.2019 14:23,  
17

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 may kuni poytaxtdagi Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yaqin-yaqingacha Suzuk ota ziyoratgohini ko‘pchilik bilmas, maqbara va eski masjid zax tortib qolgan edi. Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 26 may kuni Suzuk ota majmuasida bo‘lib, maqbara hamda masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. 2018 yil 9 fevralda qurilishning borishi bilan tanishib, majmua yonida hunarmandlar uchun uy-joylar barpo etish zarurligini ta’kidlagandi. 

Bugun mazkur tashabbuslar to‘la ro‘yobga chiqdi. Maqbara va masjid qurilib, qariyb 8 gektarlik maydon obodonlashtirildi. Majmuaga kirish binosida muzey, kutubxona, mahalla idorasi va boshqa ob’yektlar joylashtirildi. Maqbaraning ikki tomonida hunarmandlar uchun har biri 4,5 sotixli o‘ttizta kottej barpo etildi.

Bugungi tashrif chog‘ida prezident ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Maqbara ziyorat etilib, Qur’on tilovat qilindi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан