Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fuqarolar obodonlashtirish xodimlariga qahva va kerakli buyumlar tarqatmoqda (video)
16.01.2020 14:53,  
432

Bir guruh ijtimoiy faol fuqarolar tomonidan "Pokiza insonlar" loyihasi tashkil etildi. Loyihaning maqsadi obodonlashtirish ishlari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, yurtimiz tozaligiga hissa qo‘shishdir.

Bugun loyiha faollari Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aksiya o‘tkazishdi. Obodonlashtirish xodimlariga qahva va bulochka tarqatildi. Yangi qo‘lqoplar berildi.

"Pokiza insonlar" ilk bor 2018 yili tashkil etilgan. 2019 yili loyiha doirasida bir qancha xayrli ishlar amalga oshirildi. Toshkent shahrida shu kungacha beshta tumanda shunday aksiya o‘tkazildi.

Bundan tashqari Nukus, Urganch, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Samarqand shaharlarida fuqarolar bu loyihanni qo‘llab-quvvatlab, o‘zlari uyushtirishdi.

Loyiha faollaridan biri Indira Akramovaning aytishicha, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi qo‘lqoplarni olib bermoqda. Paypoq, qahva, bulochka oddif fuqarolarning bergan yordamlari asosida sotib olinib, tarqatilmoqda.

Loyihaning @pokizainson telegram guruhi mavjud bo‘lib, shu manzil orqali "Pokiza insonlar"ni qo‘llab quvvatlash mumkin.

Shuningdek, 8600 0329 1871 4593 (Maxirova Akida) plastik kartasiga ham pul o‘tkazib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан