Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fuqarolar uchun yangi yig‘im turlari joriy etilishi mumkin
7.11.2020 10:19,  
778

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armalari faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Ushbu qaror loyihasiga ko‘ra, avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari tomonidan:

- avtomobil benzini;

- dizel yoqilg‘isi;

- suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste’molchilarga sotishda ulardan yoqilg‘i birligi (litr, m3) uchun 25 so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga maxsus yig‘im undirilishi belgilanmoqda.

Avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari tomonidan undiriladigan maxsus yig‘im Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazib beriladi.

Eslatib o‘tish joiz, O‘zbekistonda transport vositasiga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 2019 yil 1 yanvargacha ham mavjud bo‘lgan. 2019 yil 1 yanvardan ushbu soliq o‘rniga oxirgi iste’molchiga benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilayotganda undiriladigan aksiz solig‘i joriy etilgan edi va mazkur soliq yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 283-moddasida ham keltirilgan.

Agar loyiha qabul qilinadigan bo‘lsa, avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazning oxirgi iste’molchilari ushbu mahsulotlar iste’moli uchun ham aksiz solig‘i, ham majburiy maxsus yig‘im to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, loyihada keltirilgan yana bir nizomda, transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun mahalliy byudjetlarga to‘lanadigan yillik yig‘im joriy etilishi nazarda tutilgan.

Nizomda davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar, shuningdek, temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transporti hamda nogironlar uchun maxsus jihozlangan avtotransport vositalaridan yillik yig‘imlar undirilmasligi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан