Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga “vatandosh” tushunchasi kiritiladi
19.02.2020 17:10,  
435

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 18 fevralda o‘tkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama etilgan masalalardan biri «O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘ldi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 1991 yil sentyabr oyidan bugungi kunga qadar 8249 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan. Ularning asosiy qismi — 7765 nafari (94 foizi) 2016 yil dekabr oyidan 2019 yil iyul oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.

Amaldagi Qonun 27 yil avval qabul qilingan bo‘lib, ma’nan eskirgan hamda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qo‘lamli islohotlar talablariga javob bermaydi.

Shu bois, loyiha parlament quyi palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi huzurida tuzilgan ishchi guruh hamda Vazirlar Mahkamasi, Adliya, Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklari mutaxassislari, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida qayta-qayta ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi. Mutaxassis va ekspertlarning takliflari olindi.

Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasining 6-moddasida 1995 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskaga o‘tgan, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu Qonun kuchga kirgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida istiqomat qilgan shaxs, istak bildirgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinishi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasiga “vatandosh” tushunchasi kiritilib, fuqaroligi bo‘lmagan vatandoshlarga nisbatan fuqarolikka qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi belgilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik mexanizmlari yaratilishi bo‘yicha qator normalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish tartib-taomillari erkinlashtiriladi. Fuqarolikni olish maqsadida taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar soni qisqaradi. Fuqarolarni konsullik hisobiga turish muddati uzaytiriladi. Umuman, bu bilan sohaga doir huquqni qo‘llash amaliyotining aniq va bir xilda bo‘lishi ta’minlanadi.

Majlisda kechgan qizg‘in savol-javob, muhokamalardan so‘ng qonun qabul qilindi va Senatga yuboriladigan bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан