Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






FVV xodimlari Qamchiq dovonida haydovchining hayotini saqlab qoldi
1.06.2020 23:18,  
452

Joriy yilning 31 may kuni soat 12:00da “Qamchiq” maxsus yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga, “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “DAF” rusumli yuk mashinasi haydovchisining sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli, yo‘lning qatnov qismida to‘xtab qolganligi yuzasidan ma’lumot kelib tushgan. Mazkur xabarni avtoulov kabinasida bo‘lgan haydovchining farzandi yetkazgan. 

Voqea joyiga zudlik bilan, “Rezak” navbatchilik maskanidan kichik serjant R.Xolmatov va 2 nafar qutqaruvchilar hamda tez yordam xodimlari chiqishgan. Mutaxassislar tomonidan birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgach, fuqaro tez yordam mashinasida Pop tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Shifokorlarning qayd etishicha, haydovchining bu holga tushishiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Quvonarlisi bemorning o‘z vaqtida shifoxonaga olib kelinganligi bois, uning hayoti qutqarib qolindi. Qutqaruvchilar va shifokorlarning tezkorlik bilan hamkorlikdagi ishlari natijasida, yana bir inson hayoti saqlab qolindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан