Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy tarmoqda «GAI xodimi shaxsiy avtomobilida «Damas»ni quvib yuribdi» video lavhasi tarqaldi
17.04.2021 18:53,  
1554

Ijtimoiy tarmoqda «GAI xodimi shaxsiy avtomobilida «Damas»ni quvib yuribdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 aprel kuni Angren shahar IIO FMB YHXB xodimi Sh.Julanov Transport boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Angren shahar, Amir Temur ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtda, «Damas» rusumli avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan. Haydovchi YPX xodimining talabini bajarmasdan harakatini davom ettirgan. YPX xodimi «Lasetti» rusumli avtomobilda bo‘ysunmay harakatlangan haydovchini kuzatib borgan. «Damas» haydovchisi harakati davomida boshqa YPX xodimlarining ham ishoralariga bo‘ysunmagan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida «Damas» avtomobili to‘xtatilgan. Haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan T.K. me’yoriy hujjatlari yo‘qligini va shu sababli xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmaganligini ma’lum qilgan. Haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Joriy yilning 16 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida holat o‘rganilib, fuqaro T.K. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi hamda 183-moddasida ko‘rsatilib o‘tilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан