Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






G‘aniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
22.02.2021 15:34,  
2261

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Namangan viloyatiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Prezident Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Sura General Investments” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bog‘ida ham bo‘ldi. Bu yerda Namangan viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazilgan.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati haqidagi «Maxsus rakurs» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Prezident hukumat agrobloki oldiga 50 ming gektar o‘zlashtirilmagan yerlarni qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish vazifasini qo‘ygan. Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev har bir gektardan ko‘zlangan maqsadlarni aniq miqdorlar, muddatlar bilan asoslab bergan.

«2020 yilga nisbatan 2021 yilda 401 ming gektar yer qo‘shilishi kerak. Paxta esa 101 ming gektarga kamayib, 933 ming gektar qoldi. Nasib qilsa, kelasi yil yana 100 ming kamayadi, agar gektaridan 5 ming dollar daromad bermasa.Bugungi kunda namanganliklar bu borada Buxoro, Jizzax viloyatlaridan keyingi o‘rinda turibdi», deya taqdimot qilgan Shuhrat G‘aniyev.

Shuningdek, Prezident qishloq xo‘jaligi vaziriga kartoshkachilikda hosilni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Shu o‘rinda qiziq bir holat ham ro‘y bergan. Prezident asalarichilik bilan bog‘liq slaydlardan birini takrorlashni so‘rar ekan bu jarayonda Shuhrat G‘aniyev elektron taqdimotda biroz qiyinchilikka duch kelgan. Bunda Shuhrat G‘aniyevga viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov yordamga kelgan.

Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosarining asal ishlab chiqarishni bir yilda 800 tonnaga ko‘paytirish fikriga javoban, Prezident 2000 tonna ko‘paytirish topshirig‘ini bergan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан