Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






G‘arb vaksina uchun urush olib borishga tayyor
30.01.2021 09:35,  
475

Yevropa Ittifoqi BioNTech/Pfizer vaksinasini Buyuk Britaniyaga  eksport qilishni AstraZeneca ingliz-shved kompaniyasi vaksina yetkazib berishni  to‘xtatganligi uchun taqiqlamoqchi. Bu haqida 29 yanvar, juma kuni  Britaniyaning The Independent nashri Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishelning tahririyat ixtiyoriga yuborgan maktubiga asoslanib xabar bermoqda.

Ushbu hujjatga ko‘ra, Bryussel Yevropa Ittifoqi aholisiga vaksinalar ishlab chiqarish va yetkazib berishni ta’minlash uchun bunday «shoshilinch choralarni» qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Buning uchun Yevropa Ittifoqi rahbariyati muammoni «dialog va muzokaralar yo‘li bilan» hal qilishga urinishda davom etar ekan, barcha qonuniy vositalardan foydalanishga tayyorligini bildirgan.

AstraZeneca 22 yanvar kuni kutilmagan tarzda o‘z vaksinasini Yevropa Ittifoqiga etkazib berish kechiktirilganligini e’lon qildi. Ammo Buyuk Britaniyaga yetkazib berish hajmini to‘liq ushlab turishga kafolat bergan.  Kompaniya bunday harakatlarni Yevropa Ittifoqi bilan shartnoma keyinchalik tuzilganligi bilan izohladi. 2021 yilning birinchi choragida AstraZeneca Yevropa Ittifoqiga etkazib berishni 67 foizga qisqartirishni maqsad qilgan.

Yevropa Ittifoqining sog‘liqni saqlash bo‘yicha komissari Stella Kyriakides AstraZeneca’dan shartnoma bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarishini talab qildi.  Yevropa Ittifoqi AstraZeneca’ni Buyuk Britaniyaga va boshqa Yevropa Ittifoqi bo‘lmagan mamlakatlarga Yevropa Ittifoqi vaksinalarining bir qismini yetkazib berayotganlikda gumon qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatning 450 million aholisidan hozirga qadar taxminan 8,4 million kishi (aholining 2 foizidan sal ko‘proq) koronavirusga qarshi emlangan. Agar hozirgi sur’at davom etsa, yevropaliklarni emlash ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан