Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida tabiiy gaz qazib olish 2022 yilda 4,6 mlrd kub.metrga yetkaziladi
28.01.2022 11:41,  
109

Joriy yilning 25 yanvar kuni mintaqaviy energotizimda ro‘y bergan nosozliklar sabab Respublika bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘ldi va tabiiyki ushbu holat ham “O‘zbekneftgaz” AJ boshqarma va zavodlari faoliyatiga ham salbiy ta’sir o‘tkazdi. Xususan Buxoro viloyatida joylashgan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ham gaz qazib chiqarish ham vaqtincha to‘xtadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida tuzilgan “Vaqtinchalik shtab” a’zolari tomonidan elektr ta’minoti tiklangach, boshqarmalar hamda zavodlar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rildi hamda tizimdagi korxonalar faoliyati to‘liq tiklandi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” joylarda tizim korxonalari faoliyatini tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilishi va uglevodorodlar qazib chiqarishni to‘liq tiklash faoliyatini jadallashtirish, maqsadida Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.

Ishchi tashrif davomida Gazli gazni qayta ishlash zavodi qurilmalarida texnologik jarayonlarning qayta yo‘lga qo‘yilganligi qurilmalarning ish holati bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, zavod hududidagi siquv kompressor stansiyasi, gazdan suyultirilgan gaz ajratib olish qurilmasi ish faoliyati o‘rganilib, uzluksiz ish tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

Mavjud gaz haydash agregatlarini to‘liq quvvatda ishlatilishni ta’minlash bilan konlardan tabiiy gaz qazib chiqarishni tezda to‘liq qayta tiklash, suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish choralarini ko‘rishga doir masalalar bo‘yicha Gazli boshqarmasi va zavodi hamda tegishli departament boshliqlariga bir qator vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Gazli gazni qayta ishlash zavodi infrastruktura ob’yektlarini barpo etish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar holati ham joyida o‘rganildi va amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

2021 yil davomida ushbu zavodda yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi, suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilish va uglevodorodlar qazib chiqarish hajmlarining ko‘payishini inobatga olib mahsulotlarni iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash, transport vositalariga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun barcha qullayliklarga ega zamonaviy 120 dan ortiq transport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi Avtosaroy, AYoQSh va AGQShlar ham barpo etish loyihasi bo‘yicha qurilish-montaj ishlari boshlangan edi.

Loyihaga asosan AYoQSh va AGQShlar avtomatik raqamlashtirilgan rejimda ishlaydigan qurilmalar bilan jihozlanishini lozimligi ta’kidlab o‘tildi va barcha qurilmalar xavfsizlikni ta’minlovchi nazorat o‘lchov asboblari bilan ta’minlanib, raqamlashtirishni yo‘lga quyish hamda markazlashtirilgan nazorat tizimi, transport vositalarini identifikatsiya qilish tizimini joriy qilish topshirig‘i berildi.

Hozirgi kunga qadar Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hamda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tomonidan loyiha bo‘yicha qurilish montaj ishlari 70 foizdan ortig‘i bajarildi. Qurilish ishlari bilan tanishish davomida, mas’ul rahbarlarga qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif davomida, sayyor yig‘ilish tashkil etilib bunda, 2022 yilda Boshqarma bo‘yicha uglevodorodlar qazib chiqarishni ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan geologo-texnik tadbirlar, xususan quduqlarni burg‘ilashdan ishga tushirish, quduqlarni kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari hamda texnologik ob’yektlarni ishga tushirish yo‘nalishlaridagi rejalar taqdimoti o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Gazli gazni qayta ishlash zavodida 2022 yilda gazni oltingugurtdan tozalash qurilmalarining barqaror ishlashini ta’minlash va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

O‘z navbatida, bajariladigan geologo-texnik tadbirlar va loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama etilib, Boshqarma, zavod rahbarlari hamda departament boshliqlariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish vazifalari berildi.

Eslatib o‘tamiz, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2021 yil davomida 23 konlardagi mavjud 280 ta quduqlar orqali 4,5 mlrd. metr kub tabiiy gaz va 98,8 ming tonna gaz kondesati qazib chiqarishga erishildi. Gazli gazni qayta ishlash zavodi tomonidan 21,2 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi. Hozirda 10 quduqda kapital ta’mirlash hamda 6 ta quduqda burg‘ilash ishlari olib borilmoqda. Geologik texnik tadbirlarni bajarish hisobiga 2022 yilda 4,6 mlrd. kub metr tabiiy gaz qazib chiqarish va 60 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан