Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






General Do‘stum Mozori-Sharifga yetib keldi
12.08.2021 16:21,  
1125

Afg‘onistondagi “Junbish” (Harakat) partiyasi rahbari, harbiy qo‘mondan Abdul Rashid Do‘stum Balx viloyati, Mozori-Sharif shahriga yetib keldi.

Sputnik Afg‘oniston xabariga ko‘ra, uning ushbu murakkab vaziyatda Afg‘oniston shimoliga kelishidan maqsadi “Tolibon”ga qarshi kurashishga boshchilik qilishdir.

Jurnalistlarga bergan qisqa intervyusida Do‘stum “Tolibon” bu safar shimol qopqondan chiqib keta olmasligini ma’lum qilgan.

“Bu safar ham ularni mulla Fozil taqdiri kutmoqda. “Tolibon”ga qarshi Faryob, Toxar, Juzjon va Balx viloyatlarida bir vaqtning o‘zida bir necha operatsiyalar o‘tkazish kerak”, - dedi Do‘stum.

Marshalning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi mamlakatda bo‘lmagani sababli uning ona shahri Shibirg‘on “Tolibon” qo‘liga o‘tgan. “Agar men Afg‘onistonda bo‘lganimda edi, ular butun Pokistonni boshlab kelsa g‘alaba qozona olmasdi”, - dedi qo‘mondon.

* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан