Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniya harbiylari Afg‘onistonni tark etdi
3.07.2021 14:44,  
161

Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ARD telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar qildi Kommersant nashri.

Germaniyalik harbiylarning so‘nggi guruhi 30 iyun kuni Afg‘onistonni tark etdi. GFR Mudofaa vaziri askarlarni hududdan chiqarilishini «muhim tarixiy voqea» deb atadi.

«Biz Afg‘onistondan tezda yevropacha namunadagi davlatni yarata olamiz, degan noto‘g‘ri taassurotni uyg‘otdik», — dedi u.

Germaniya NATO ittifoqdoshlari bilan birgalikda islom respublikasiga bundan keyin ham yordam berish yo‘llarini izlamoqda. «Hattoki, bizning mamlakatdagi harbiy ishtirokimiz o‘z yakuniga yetgan taqdirda ham biz Afg‘oniston tomonida qolishimiz kerak, — dedi u. — Misol uchun, biz mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlashimiz mumkin».

Vazir harbiy alyans ichida ayni vaqtda NATO qaysi yo‘l orqali Afg‘oniston armiyasini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqida so‘z borayotganini aytib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан