Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniyada dekabr oxirida koronavirusga qarshi emlash boshlanadi
17.12.2020 13:03,  
48

Germaniyada 27 dekabrdan aholini koronavirusga qarshi emlash boshlanadi. Bu haqda N-TV telekanali xabar berdi.    

Avvalroq Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan federal yerlarga BioNTech kompaniyasi vaksinasi ma’qullanishi kutilayotgani va shundan keyin u joylarga yetkazila boshlanishini ma’lum qilgan.

Shpan emlashni qariyalar uyidan boshlash maqsadga muvofiqligini aytgan. 

Yevropaning dori vositalari bo‘yicha agentligi BioNTech va Pfizer kompaniyalari vaksinasini qo‘llashga 21 dekabrda ruxsat berishi kutilmoqda. Bu rejalashtirilgandan 8 kun avval yuz beradi.

Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel aholini emlash muvaffaqiyatli o‘tsa, Germaniya 2021 yil kuzigacha normal hayotga qayta olishini aytgan.

16 dekabrdan Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli qat’iy cheklovlar kiritildi. Lokdaun 10 yanvargacha davom etadi. Bu vaqt ichida oziq-ovqat do‘konlaridan boshqa do‘konlar yopiladi, maktablarda masofadan o‘qishga o‘tiladi, bolalar bog‘chalari ishlamaydi.

Rojdestvo nishonlanishi kunlari – 24-26 dekabrda 5 kishidan ko‘proq bo‘lmagan holda uchrashishga ruxsat beriladi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан