Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gretsiyada 85 yoshli erkak COVID-19’ga qarshi emlanganidan keyin 8 daqiqa o‘tib vafot etdi
17.02.2021 10:29,  
386

Gretsiyaning Krit orolida joylashgan Iraklion universiteti kasalxonasida 85 yoshli qariya koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganidan sakkiz daqiqa o‘tgach vafot etdi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, shifokorlar uning o‘limini vaksina yoki allergik anafilaktik shokka bog‘liq deb hisoblamayapti. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, hodisa emlash bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan to‘satdan o‘lim deb baholanmoqda.

Ta’kidlanishicha, emlashdan sakkiz daqiqa o‘tgach, erkak hushidan ketgan. Unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi (massaji) bilan birinchi yordam berilganidan so‘ng besh daqiqa davomida o‘ziga kelgan, ammo yana hushidan ketgan.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bemor kasalxonaga yotqizilgan payt, uning kasallik tarixi o‘rganilgan va emlashga qarshi birorta ko‘rsatma topilmagan. Hodisaning aniq sababini aniqlash uchun mutaxassislar tomonidan shoshilinch sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Gretsiya Milliy vaksinatsiya qo‘mitasi rahbari Mariya Teodoridu hozirda mamlakat aholisini emlash uchun Pfizer va BioNTech vaksinasidan foydalanilayotganini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан