Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Grippga qarshi sifatli vaksinani qayerdan olish mumkin va u qancha vaqtda immunitet paydo qiladi?
22.09.2020 15:33,  
610

Savol: Grippga qarshi sifatli vaksinani qayerdan olish mumkin va qanchadan keyin organizmda grippga qarshi immunitet paydo bo‘ladi?

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi:

Javob: Grippga qarshi vaksina bilan maxsus tashkil qilingan emlash markazlariga borgan holda emlanish mumkin. 

Aholi yurtimizdagi mavjud vaksinalarning sifatiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Chetdan olib kirilayotgan har bir vaksina sifati va samaradorligi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasasi tomonidan tekshirilib, amaliyotga joriy qilishga ruxsat beriladi.

Yurtimizga turli davlatlardan samaradorligi eng yuqori bo‘lgan vaksinalar olib kelinadi. Vaksina qabul qilayotganda har bir fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra turli davlatda ishlab chiqilgan vaksinadan birini tanlaydi.

Mavsumiy grippga qarshi vaksina organizmda 15 kun ichida mikroblarga qarshi immunitet ishlab chiqadi. Ta’sir kuchi 1 yilga yetadi.

Emlashdan oldin shifokor tomonidan albatta emlanuvchi shaxsning umumiy salomatligi tekshirilib, shunga ko‘ra vaksinatsiya qilish-qilmaslik belgilanadi. Ya’ni, emlanadigan kishi shamollash, nafas olish yo‘llari yallig‘lanishi kabi kasalliklardan tamoman sog‘lom bo‘lishi kerak.

Shuningdek, vaksina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik ta’sirchanlik darajasi ham tekshiriladi. Shuning uchun vaksinatsiyadan oldin shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан