Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gvineyada Ebola epidemiyasi boshlangani e’lon qilindi
15.02.2021 08:24,  
149

Gvineya hukumati bugun, 14 fevral kuni mamlakatda Ebola bezgagi epidemiyasi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda mahalliy “guinee114” axborot portali xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, kasallik Gvineyaning Nzerekore prefekturasi va Guyeke shahrida boshlangan. Shu sababli epidemiyaga qarshi bir qator choralar kiritishga, jumladan, Ebolaga chalinganlar bilan aloqada bo‘lganlarni aniqlab, ularni yakkalashga qaror qilingan.

Qayd etilishicha, bunday choralar Ebola bezgagi belgilari bilan vafot etgan 4 kishining qon tahlili natijalari olingandan keyin qabul qilingan. Natijalar vafot etganlarning 3 nafarida virus borligini tasdiqlagan.

14 fevralda JSST Gvineyaga kasallikka qarshi kurashda yordam berish uchun barcha zaxiralarni tezkorlik bilan safarbar qilishini e’lon qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Gvineya 2014-2016 yillarda G‘arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalishi o‘choqlaridan biriga aylangandi. O‘shanda bu hududda 28 mingdan ko‘proq kishi kasallikka chalingan, 11,3 ming kishi undan vafot etgan. Eng og‘ir epidemiologik vaziyat Gvineyaga qo‘shni Liberiya va Serra-Leoneda kuzatilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан