Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hisor qo‘riqxonasiga tutash juda katta hududda qo‘riqlanma zonasi belgilandi
20.02.2020 12:25,  
159

“Hisor davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (94-son, 18.02.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Hisor davlat qo‘riqxonasining unga tutash hududlardagi umumiy yer maydoni 11 231,3 gektar bo‘lgan qo‘riqlanma zonasi belgilandi.

Umumiy yer maydoni 2 000,0 gektar bo‘lgan Hazrati Sulton platosi, Suvtushar daryosining bir qismi, dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori ob’yektlari qo‘riqxona hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkaziladi.

Bunda, qo‘riqxonaning qo‘riqlanma zonasidagi yerlar ushbu zonalarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi, qo‘riqxona hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkaziladigan ob’yektlar mazkur qo‘riqxonaning doimiy foydalanishida qoldiriladi.

Qo‘riqlanma zonaga o‘tkazilgan ob’yektlarda ziyorat turizmi va ekologik turizmni tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani yaratishga investorlar (shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida) jalb qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан