Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Hizb-ut Tahrir”*ga a’zo bo‘lgan 29 nafar ayol qo‘lga olindi
12.09.2021 10:29,  
1173

10 sentyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan  qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida qidiruvda bo‘lgan “Hizb-ut Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti a’zolari – 1970 y.t., L.Umarova va 1974 y.t., M.Saydaminovalar bilan internet tarmog‘i va turli ijtimoiy messenjerlar orqali aloqa qilib, ularning ko‘rsatmalari asosida aholi orasida tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish va tashkilot safini kengaytirish bilan shug‘ullanib kelgan Toshkent shahrining Shayxontohur, Uchtepa, Olmazor, Sirg‘ali va Yakkasaroy tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent va Qibray tumanlarida yashovchi 29 nafar “Hizb-ut Tahrir”* ekstremistik tashkilotining “Ayollar qanoti” jamoasi a’zolarini jinoiy faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Ayollarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Hozirda ayollarning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан