Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hokim va ularning o‘rinbosarlari reytingi e’lon qilindi
28.10.2021 13:01,  
642

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O‘zbekistonning barcha tuman, (shahar)larida hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatining baholash reytingini e’lon qildi.

Yuqori ko‘rsatkichli viloyatlar reytingida Navoiy viloyati (87 ball) peshqadamlik qilmoqda qilmoqda. Keyingi yuqori o‘rinlarda Xorazm (86), Andijon (84), Buxoro (84) viloyatlari. Eng oxirgi pog‘onani Surxondaryo viloyati egallagan (66).

Ko‘rsatkichlari eng yuqori tuman (shahar)lar reytingida Qorovulbozor tumani (Buxoro) 98,2 ball bilan 1-pog‘onada qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Yangibozor tumani (Xorazm), Shirin shahri (Sirdaryo), G‘azg‘on shahri (Navoiy) va Mirobod tumani (Toshkent shahri) band etib turibdi.

Ko‘rsatkichlari eng quyi tuman (shahar)lar reytingida Sariosiyo tumani (Surxondaryo) 1-o‘rinni egallagan (60,8 ball). Undan keyin Chiroqchi (Qashqadaryo), Bo‘stonliq (Toshkent v.), Pastdarg‘om (Samarqand) tumanlari keltirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан