Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Hokimlar bir kvadrat metr uy narxini 4 mln so‘mdan oshirmaslik choralarini ko‘rishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev
4.03.2021 08:46,  
116

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari har bir viloyat hokimi uy-joylarning tannarxini pasaytirish masalasida aniq hisob-kitobga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

«Eng katta masala — bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish. Bugungi narx-navodan odamlarimiz rozi emas va hokimlar buning ichiga kirmagani ham rost. Shuning uchun, viloyat va tuman hokimlari bir kvadrat metr uy narxini 4 million so‘mdan oshirmaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak», — dedi prezident.

Davlat rahbari «har bir tuman, shahar va viloyat hokimi o‘z hududidagi qurilish ichiga kirib, qaysi qurilish materiallarini arzonroq va yaqinroqdan olish mumkin, sement va metall narxini qanday pasaytirsa bo‘ladi?», kabi savollarga javob topishi lozimligini qo‘shimcha qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан