Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Humo Arena’da bo‘lib o‘tadigan katta boks oqshomi chiptalari narxi ma’lum
22.03.2021 22:44,  
2675

Toshkentdagi Humo Arena’da 3 aprel, shanba kuni katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Unda bir qator o‘zbekistonlik mashhur bokschilar professional ringdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Musobaqaning asosiy jangi ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (7-0, 6 KO) va yaponiyalik Ryosuke Ivasa (27-3, 17 KO) ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

3 aprel kuni soat 18:00 boshlanadigan boks kechasining chiptalari iTicket.uz saytida sotuvga chiqdi. Eng arzon chiptalar narxi 50 ming so‘mni tashkil qiladi. Narxlar 550 ming so‘mga qadar oshib boradi.

Shuningdek, mazkur boks kechasida Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘stmatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov kabi nomdor o‘zbekistonlik bokschilar jang o‘tkazadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан